hourglass_full Your download should start automatically in a few seconds...

Download Ming bir fatvo_Latest Version.apk from Apk-Dl Server

Thank you for using Apk-Dl.com to download the apk file (Ming bir fatvo_Latest Version.apk),

If the download doesn't start automatically in a few seconds, please click here to access the download URL directly.

Note: Download and save the apk file to your Android Phone's SD card and install it manually onto the Android device.

Description

Ming bir fatvo 1-2-qism Musanniflar: Shamsiddinxon BOBOXON ShayxAbdulaziz MANSUR «O‘zbekiston milliy endiklopediyasi» Davlat ilmiynashriyoti Toshkent - 2005 Bizga va minglab shogirdlariga fiqh vafatvo ilmidan saboq bergan ustozlarimiz muftiy Eshon Boboxon ibnAbdulmajidxon va Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonhazratlarining ruhi poklari va porloq xotiralariga bag‘ishlanadi.Alloh taologa beadad hamdu sano va benihoya shukrlar aytamizki,yurtimiz musulmonlari muqaddas islom dini ta’limoti bilan mukammaltanisha borish baxtiga musharraf bo‘ldilar. Qur’oni karimma’nolarining tarjima va tafsiri, hadisi shariflarning bir nechaxil to‘plamlari, fiqhiy kitoblar, axloq-odobga doir asarlar,tasavvuf va uning tariqatlariga bag‘ishlangan buyukajdodlarimizning adabiy meroslari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.Ixlosmand xalqimiz ulardan to‘la bahramand bo‘lib kelmoqda. Lekinularning ko‘pchiligi, ayniqsa ibodat va musulmonchilik talablarinibajarishga kechroq kirishgan kishilar tahorat, namoz, ro‘za, zakot,nikoh, taloq, tijorat, foiz, halolharom, gunoh-savobga o‘xshashko‘pgina shar’iy masalalar bo‘yicha hamon mukammal ma’lumotga egaemasliklarini bildirishda davom etmoqdalar. Ular qayerdaozmi-ko‘pmi, diniy ma’lumotga ega bo‘lgan zotlarni uchratsalar,albatta, ulardan mazkur mavzularga doir biror savol so‘ramasdanqo‘ymaydilar. Masala so‘ralgan zot ishonish, puxta javob berganbo‘lsa-ku, yaxshi. Ammo ko‘p hollarda asossiz, noto‘g‘ri javobberishlar natijasida shariat ko‘rsatmalar xalqimiz tomonidan xatova nuqson bilan bajarishi, o‘rtalarida ixtilof va nizolar paydobo‘lishi ham kuzatilmoqda. Shularni nazarda tutib, eng so‘nggiustozim — doktor Shamsiddinxon ibn Ziyovuddinxon hazratlari bilanbirgalikda ushbu fatvolar to‘plamini tasnif etishga kirishgan edik.Lekin ming taassufki, to‘plamni yozishga qattiq kirishib, ijodqilayotgan qizg‘in bir pallada ustoz nogoh boqiy dunyoga rihlatqildilar (Alloh joylarini jannotun-naimdan qilsin!) Motamsarokayfiyat ishning ancha to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Kutilmaganjudolik ustozning barcha yaqinlari va qarindoshlarini karaxtholatga solgan edi. Lekin taqdiri azal va qazoyu qadarga taslimqilishdan o‘zga choramiz yo‘q. Bu foniy dunyoga hammamiz hamomonat. Binobarin, yaxshi niyatlar bilan boshlagan xayrli ishimiznioxiriga yetkazishga kamina azmu qaror qildim. Shoyad, bundan ustozruhi ham shod bo‘lsa. Bu xususda ustozning ma’rifatparvar oshaa’zolari menga yaqindan yordam berishdi va berishmoqda. Ustozningboy kutubxonasidagi diniy asarlardan o‘zlari bilan birgalikda oldinqanday foydalanib kelgan bo‘lsak, oila a’zolarining kaminaganisbatan ishonch va ehtiromlari tufayli hozir ham keraklimanbalardan keragicha foydalanib kelmoqdaman. Buning uchun ulargabehad minnatdorchilik bildiraman.